Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mashhur-Press” nashriyoti klinik o‘lim holatidagi 2 yoshli bolani qutqarib qolgan shifokorni taqdirladi
Bir necha kun avval Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor Sergey Vladimirovich Tobias klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qolgani haqida xabar berilgandi.
“Mashhur-Press” nashriyoti ijodiy jamoasi shifokorning ish joyiga bordi. Uni bolakayning hayotini saqlab qolishda o‘z vaqtida ko‘rsatgan jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va nashriyotda chop etilgan kitoblar to‘plami bilan taqdirladilar.
Sergey Tobias kabi o‘z kasbiga fidoiy shifokorlar yurtimiz aholisini sog‘lomlashtirish, zarur vaqtda professional yordam ko‘rsatish ularning doimiy muhim vazifasidir. Nashriyot jamoasi Sergey Tobias va uning misolida barcha fidoiy shifokorlarning kelgusidagi sharafli faoliyatlariga omad tilaydi.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
15:23 / 07.05.2025