Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tog‘larida 20 dan ko‘proq sayyoh bedarak yo‘qoldi
Xitoy sharqidagi Ichun shahri yaqinidagi tog‘larda 285 sayyohdan iborat guruh u yerda kechgan kuchli yomg‘irlar sababli qolib ketdi. 22 iyulda Xitoy markaziy televideniyesining xabar qilishicha, sayyohlardan 3 nafari halok bo‘lgan, 23 nafari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 21 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 15 atrofida Gaoxu qishlog‘i yaqinidagi tog‘li hududda kuchli yomg‘irlar yog‘gan va ular toshqinlar keltirib chiqargan.
Soat 21:40dagi ma'lumotlarga ko‘ra, 200 dan ko‘proq sayyoh evakuatsiya qilingan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Televideniyening xabar qilishicha, ushbu ishlarda 530 dan ko‘proq kishi ishtirok etmoqda, shuningdek, dronlar jalb qilingan.
Xitoy, yomg‘irlar
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025