Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prokuraturasi Ronalduga nisbatan ayblov e'lon qilishni rad etdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jinoiy ish figuranti emas – AQShda unga nisbatan gumonlar olib tashlandi.
Nevada shtatining Klark okrugi prokuraturasi bayonot bilan chiqib, model Ketrin Mayorgaga jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlanayotgan Ronalduga nisbatan rasmiy ayblov ilgari surilmasligini ma'lum qildi.
«Ayni paytda mavjud ma'lumotlarga baho berib, tergov Krishtianu Ronalduga nisbatan ayblov yetarlicha asosga ega emas, degan xulosaga keldi. Shunga muvofiq ravishda, hech qanday sanksiyalar qo‘llanmaydi», – deyiladi prokuratura bildirishida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida amerikalik model Ketrin Mayorga taniqli futbolchi uni 2009 yil iyunida Las-Vegasda zo‘rlaganini iddao qilgan va uni politsiyaga bergan edi.
Ronaldu esa bu ayblovni rad etgan, «haqiqat, albatta, yuzaga chiqishi»ga ishonishini aytgan edi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024