Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada politsiya mashinasini urib qochgan avtomobil ichidan 140 mln dollarlik giyohvand modda topildi
Avstraliyada politsiya 140 mln dollarlik metamfetamin giyohvandlik vositasini olib ketayotgan furgon haydovchisini qo‘lga oldi, deb xabar berdi CNN.
Ma'lum bo‘lishicha, Sidneyda yo‘l chetida turgan politsiya avtomobiliga yuk mashinasi kelib urilgan va voqea joyidan yashiringan.
Oradan bir soat o‘tgach, politsiyachilar voqea aybdorini to‘xtatishgan. Furgonni ko‘zdan kechirgan politsiyachilar uning ichida qiymati 140 mln dollarlik 273 kilo metamfetamin borligini aniqlashgan.
Avvalroq Avstraliya politsiyasi Tailanddan keltirilgan 1,6 tonna metamfetaminni aniqlashgandi. Qiymati 840 mln dollarlik giyohvandlik vositalari hamda 37 kg geroin Melburnga stereodinamiklar ichida keltirilgan.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025