Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq tabobati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslar sertifikat olishi talab etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:
10-band «a» kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
bosh shifokorda — oliy tibbiy ma'lumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot va malakaviy toifa, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi kiritiladi:
xalq tabobati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtini tugatgan shaxslarda xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirganligini tasdiqlovchi amaldagi sertifikat.
Mavzuga oid
18:32 / 20.05.2025
Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025