Jahon | 21:50 / 24.07.2019
63785
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Putin bilan uchrashdi. Putin qirg‘izistonliklarni hozirgi prezident atrofida birlashishga chaqirdi

Foto: Aleksey Nikolskiy / TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev bilan mintaqa va respublikadagi vaziyatni muhokama qilganini ma'lum qildi.

"Ha, men Almazbek Sharshenovich bilan uchrashdim. Biz mintaqa va Qirg‘izistondagi vaziyat haqida gaplashdik", - dedi u jurnalistlarga.

Putin Qirg‘iziston uchun hozirda siyosiy barqarorlik muhim ekanligi, respublika aholisi amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov atrofida birlashishi kerakligini aytdi. 

"Mening pozitsiyam ma'lum. Ungacha (Atamboyev) ham shu pozitsiyada ekanligimni bildirgandim. Men Qirg‘iziston, u bizning ittifoqchimiz, bizga yaqin davlat, yetarlicha bir nechta ichki siyosiy silkinishlarni, aniqrog‘i, kamida ikki marta boshidan kechirdi deb hisoblayman. Menimcha, Qirg‘iziston xalqi manfaati uchun to‘xtash lozim. Mamlakat siyosiy barqarorlikka muhtoj. Va barcha odamlar amaldagi prezident atrofida birlashishi va unga davlatni rivojlantirishda yordam berishi kerak", - dedi u.

Putinning ta'kidlashicha, "Qirg‘iziston bilan ko‘plab hamkorlik rejalari bor. Va bu rejalarni amaldagi hokimiyat bilan amalga oshirish ko‘zda tutilgan".

Avvalroq Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiya vakili Kunduz Joldubayeva Almazbek Atamboyev Rossiyadan kelgan RRJ-95B samolyotida Moskvaga uchib ketganini, Moskvaga kelganidan so‘ng Kremlga yo‘l olganini xabar qilgandi.

Mavzuga oid