Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Malayziyaga mevalar eksport qilishni boshladi
O‘zbekistonning “Golden Prime Fruit” kompaniyasi ilk bor Malayziyaga gilos, shaftoli, o‘rik, uzum va olxo‘ri yetkazib bera boshladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy iyulda Malayziyaga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 5 tonnani tashkil qilgan. O‘zbekistondan 1,5 tonnaga yaqin uchinchi partiya mahsulot jo‘natilgan.
Yuk o‘zbek mahsulotining Malayziya bozorida tanilishi darajasini oshirish maqsadida “Made in Uzbekistan” belgisi ostidagi maxsus qadoqda jo‘natilgan.
“Barra mahsulot katta qiziqish uyg‘otdi va kompaniya Malayziyaga mevalar eksportini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, deb ta'kidlab o‘tishgan “Golden Prime Fruit” vakillari.
Ayni vaqtda Malayziyaning yetakchi savdo tarmoqlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, avgustda olis Malayziyaga qo‘shimcha ravishda qovun jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025