Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari soni ko‘payib ketgan viloyatlarni tanqid ostiga oldi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimiga ko‘ra ish olib borilishi haqida tushuncha berdi. Shuningdek, viloyatlarda sharoit yaratib berilmagani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari soni ko‘payib ketganini keskin tanqid ostiga oldi.
«Kichik biznes sohasida faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar soni hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, joriy yil 1 iyul holatiga to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub'yektlari soni 177 mingtani yoki jami sub'yektlarning 26 foizini tashkil etmoqda.
Ayniqsa, bu ko‘rsatkich Andijon viloyatida qirq foizni tashkil etayotgani achinarli. Salbiy holat Andijon shahrida 46, Andijon, Asaka tumanlarida 43, Izboskan, Ulug‘nor tumanlarida 42 foizni ko‘rsatyapti.
Qoraqalpog‘istonda bu ko‘rsatkich 30 foiz bo‘lib, Nukus shahrida 35, Ellikqal'a tumanida 34, Qo‘ng‘irotda 33 foiz ekanligi aniqlangan. Faoliyat yuritmayotgan 4 mingta korxonalarda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularning 1458tasi (36 foiz) aylanma mablag‘lar va kredit olish uchun garov bo‘ladigan mulk yo‘qligidan, 681tasi (17 foiz) yer va bino ajratish, qurilish va muhandislik tarmoqlariga ulanish uchun ruxsat olish masalalari hal etilmagani, qarzi ko‘payib ketgani uchun faoliyatini to‘xtatgan.
Eng achinarlisi, yer, bino ajratish muammolarini joyida hal etish mumkin. Kredit olish uchun garov, mulk bo‘lmasa, sug‘urta mexanizmidan foydalansa bo‘ladi-ku? Ana endi hokimlar haftasiga uch kun ana shunday masalalar bilan shug‘ullanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024