Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay amiri va malika Haya ajrashadi – bu haqda rasman e'lon qilindi
Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktum va Iordaniya malikasi Haya bint Ol-Husayn rasman ajrashayotganlarini e'lon qilishdi. StarHit portalining yozishicha, Londonda bo‘lib o‘tadigan ajrashish jarayonida mol-mulk emas, farzandlar kim bilan qolishi masalasi hal etiladi.
Xabar qilinishicha, London sudidagi ilk eshituvlar iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Ajrashish to‘g‘risidagi arizalar allaqachon sudga topshirilgan.
«Bu eshituvlar bolalarning keyingi taqdiri, ularning farovonligiga doir bo‘ladi, moliyaga tegishli bo‘lmaydi», — deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, qochib ketgan malika manfaatlarini advokat Fiona Sheklton himoya qiladi. U malika Diana va shahzoda Charlzning ajrashish jarayonida ishtirok etgan. Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktum esa, o‘z navbatida yurist Elen Uordni yollagan bo‘lib, u qo‘shiqchi Madonnaning rejissyor Gay Richi bilan ajrashishida pop yulduziga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yoz mavsumi boshida Haya Ol-Husayn turmush o‘rtog‘idan Britaniya poytaxtiga qochib ketgan va boshpana so‘ragan edi. Dastavval, malika o‘zi bilan 40 mln dollar hamda Amir bilan farzandlari — 11 yoshli Al-Jalila hamda 7 yoshli Zaydni olib ketgani xabar qilindi.
Iordaniyaning marhum podshohi Husayn ibn Talalning qizi, Iordaniyaning hozirgi podshohi Abdulloh II singlisi, 45 yoshli malika Haya Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktumga 2004 yilda turmushga chiqqan edi. U shayxning oltinchi va kenja rafiqasi bo‘ldi. Amirning barcha xotinlaridan 23 nafar farzandi bor.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025