Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik ayolning oshqozonidan 1,5 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlari va tangalar chiqarib olindi
Foto: Pixabay
Hindistonlik jarrohlar G‘arbiy Bengaliya shtatida 26 yoshli bemor ayolning oshqozonidan 1,5 kg.dan ortiq tanga va zargarlik buyumlarini chiqarib oldi. NDTV telekanalining xabar berishicha, ayol zargarlik buyumlarini shu tarzda yashirishga qaror qilgan.
Ruhiy kasallikka chalingan ayolning ichidan topilgan qimmatbaho buyumlar ro‘yxati chindan ham hayratlanarli: 5 va 10 rupiy qiymatdagi 90ta tanga, zanjirlar, burun uzuklari, sirg‘alar, bilaguzuklar va hattoki qo‘l soatlari. Qanday qilib bunday buyumlardan ba'zilarini yutish mumkinligining o‘zi ajablanarli.
«Biz zargarlik buyumlari g‘oyib bo‘layotganini payqadik. Ammo har safar undan bu haqda so‘raganimizda, u yig‘lay boshlardi» - dedi noodatiy bemorning onasi. Ma'lum bo‘lishicha, yosh ayol ovqatlanish vaqtida o‘z xazinalarini «yashirgan».
Jabrlanuvchining oilasi boy emas va zargarlik buyumlari asosan misdan bo‘lgan, ammo bir nechta tilla buyumlar ham topilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025