Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya noma'lum modeldagi snaryadlarni uchirgani ma'lum qilindi
Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreya noma'lum modeldagi snaryadlarni uchirganini ma'lum qildi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Janubiy koreyalik harbiylar ma'lumotlariga ko‘ra, snaryadlar Vonsan port shahri yaqinidan mahalliy vaqt bilan soat 5.34 va 5.57da Yapon dengizi tomon uchirilgan.
Raketalar taxminan 430 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.
Janubiy Koreya va AQSh razvedka xizmatlari ayni vaqtda aynan qanday snaryad uchirilganini tahlil qilishmoqda.
“Kiodo” agentligi Yaponiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda, Shimoliy Koreya kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar uchirganini ma'lum qilgan. “Ular Yaponiya iqtisodiy hududiga yetib bormagan, davlatimiz xavfsizligiga xavf yo‘q”, deb aytgan manba.
Shimol joriy may oyida ham kichik masofalarga mo‘ljallangan bir nechta ballistik raketa uchirgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
14:18 / 22.05.2025
AQSh yana Rossiyagacha yetib boradigan raketani sinovdan o‘tkazdi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
11:35 / 05.05.2025