Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda tashlandiq superkarlarni topish uchun yiliga 321 500 000 so‘m maosh beriladi
Birlashgan arab amirliklaridagi HushHush kompaniyasi Dubayga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan skautni qidirmoqda. U qimmatbaho superkarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun shunday tashlandiq avtomobillarni qidirib topishi kerak. Kompaniya bir yilga 30 ming funt sterling, ya'ni 321 499 000 so‘m maosh to‘lashni va'da qilmoqda. Bundan tashqari, yo‘l xarajatlari va har bir bitimdan ulush beriladi.
BAAda bir kvadrat metr maydonga to‘g‘ri keluvchi lyuks toifasidagi avtomashinalar soni juda yuqori. Shu bilan birga, mamlakatda tashlab ketilgan bunday mashinalar juda ko‘p. Ularning sobiq egalari kasodga uchraganliklari yoki ulkan qarzlari tufayli shoshilinch tarzda tashlab ketishgan. HushHush kompaniyasining bo‘lg‘usi xodimi aynan shunday superkarlarni qidirib topishi va ularni hukumat musodara qilmasdan oldinroq xarid qilishi kerak.
Xodimga bo‘lgan talab juda sodda, u sohada tajribasiz bo‘lishi mumkin, ammo kamida 21 yoshga to‘lgan va haydovchilik guvohnomaga ega bo‘lishi darkor. Superkarlarni yaxshi ko‘rish, qaysi avtomobil qanchaga sotilishini yaxshi anglash hamda yuqori havo haroratiga chidamlilik ustunlik hisoblanadi.
Birlashgan arab amirliklarida kasodga uchragan kishini himoya qilish va yordam berishga doir qonun me'yorlari mavjud emas. Qarzlarni to‘lamaslik esa, jinoyat hisoblanadi va jiddiy qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab kasodga uchragan tadbirkorlar barcha mol-mulkini tashlab, mamlakatni tark etishga shoshiladi. Aksariyat superkarlar kimoshdi savdolari orqali sotiladi, ayrimlarini qarz evaziga hukumat musodara qiladi. HushHush skauti boshqalarga qaraganda avvalroq shunday mashinalarni topib, ularni xarid qilishi yoki kimoshdi savdolarida qayta sotish imkonini beradigan darajada arzonroq sotib olishi talab etiladi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025