Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘quvchisi The Washington Post nashridan 250 mln dollar talab qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari sudi maktab o‘quvchisi Nikolas Sandmanning The Washington Post gazetasiga nisbatan katta miqdorda ma'naviy zarar to‘lashga doir arizasini rad etdi. Bu haqda Politico onlayn nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, o‘smir nashrni tuhmatda ayblagan va 250 mln dollar talab qilgan, biroq sud javobgar foydasiga qaror chiqargan.
Aniqlik kiritishicha, ariza 2019 yil 19 yanvar kungi Vashingtonda abortga qarshi mitingdan keyin sudga kiritilgan.
Gazeta Sandmanning «Amerikani yana buyuk qilamiz» deb yozilgan kepkani kiygan holda hindu Neytan Filipsga yuzma-yuz turgan suratini chop etgan.
Rasm ostidagi izoh esa, maktab o‘quvchisi o‘zini agresssiv tutgani va Filipsga nisbatan irqiy qarashlarini namoyon etganini ta'kidlagan, Filips bu izohni tasdiqlagan.
Biroq, o‘smirning fikricha, nashr uning suratidan davlat rahbari siyosatiga qarshi harakatni ilgari surish maqsadida foydalangan va axborot asliga mos emas. Hakam esa, gazeta hodisani o‘zi istagancha yoritishi mumkinligi haqida qaror qabul qilgan.
Ta'kidlash lozim, bundan avval Sandman ayni hodisani yoritgan NBC telekanalidan 275 mln dollar ma'naviy zarar undirishga harakat qilib ko‘rgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025