Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi eng xavfli yuqumli kasalliklar ma'lum qilindi
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Yelena Malinnikova mamlakatning yoshi katta aholisi uchun eng jiddiy xavf bo‘lgan yuqumli kasalliklarini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi o‘rinda gepatit xastaligidir.
«Bu bizning eng avvalgi muammolarimizdan biri. Garchi hozirda, davolashning zamonaviy usullari ustida tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa-da», - degan Malinnikova.
Mulozimning aytishicha, ikkinchi xavfli yuqumli kasallik qizamiqdir. Ushbu xastalikni emlash orqali nazorat qilish mumkin bo‘lsa-da, u bilan kasallanish hollari ortib bormoqda.
«Uchinchi hal qilinmagan, biroq hal qilish mumkin bo‘lgan muammo bu - OITS», - deya yakunlagan Malinnikova.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025