Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati ma'lum qilindi
29 iyul kuni soat 8:00 hamda soat 15:00da 2019—2020 o‘quv yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlarni ma'lum qildi:
Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasidagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi;
Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasidagi oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi;
Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasidagi Xalq iste'mol tovarlarining ko‘rgazma yarmarka savdosi respublika markazi;
Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasidagi sport majmuasi;
Shayxontohur tumani, Islom Karimov shoh ko‘chasidagi «Yoshlik» sport majmuasi.
«Toshshahartransxizmat» AJ imtihon kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transport qatnovi uzluksizligini ta'minlash maqsadida 29 iyuldan boshlab o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarga avtobuslarni odatdagi harakat jadvalidan bir soat oldin chiqaradi.
Imtihon kunlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, jamoat transporti bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar yuzaga kelmasligi uchun avtobus saroylarida haydovchi va chiptachilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazildi. Bundan tashqari, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan muassasalar atrofida yo‘llarning vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan qo‘shimcha choralar belgilanishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi
10:55 / 16.10.2021
DXX akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi
21:17 / 13.10.2021