Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda ijtimoiy xonadonni ijaraga bergan Airbnb foydalanuvchisi 125,5 ming dollar jarimaga tortildi
Londonda yashovchi Tobi Xarman bir necha yil davomida shahar markazidagi davlatga tegishli xonadonni Airbnb orqali ijaraga bergani aniqlandi. U xonadonni o‘zi mustaqil ravishda uy sotib ololmaydigan yoki ijarada turishga qurbi yetmaydiganlar uchun uy berish ijtimoiy dasturi orqali olgan, deb yozadi Forbes. Bunday uylarni ijaraga berish taqiqlanadi.
Sud Xarman Voksxoll-Brij-rouddagi xonadonni 2013 yildan buyon ijaraga berib kelganini aniqladi. Xarman e'lon berishda boshqa ismdan foydalangan, ammo politsiyaning aniqlashicha, foydalanuvchilar izohlarda uning haqiqiy ismini yozishgan. Bank hujjatlari ham Xarman Airbnb orqali to‘lov olganini tasdiqlagan.
Xarman uydan chiqarib yuborilgan. Sud uning 100,97 ming funt sterling (125,5 ming dollar) jarima to‘lashi to‘g‘risida hukm chiqardi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025