Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 3 mln gektar o‘rmon yonmoqda. Ammo favqulodda holat joriy etilgani yo‘q
Rossiyaning Sibir mintaqasi, 4 hududida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari maydoni 1,6 mln gektarni tashkil etayotgan bo‘lsa, Yoqutistonda 1,13 mln gektar o‘rmonning kuli ko‘kka sovurilmoqda. Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish so‘ralgan petitsiyaga esa, 360 mingdan ortiq odam imzo chekkan. Ular alanga domida qolgan hududlarda favqulodda holat e'lon qilishni talab qilmoqda.
Xalqaro Greenpeace tashkilotining xuddi shu mazmundagi murojaatini salkam 100 inson ma'qullagan. Ular yong‘inga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha kuchlarni jalb qilishni talab qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga 2 715 kishi va 343ta texnika safarbar etilgan. Bundan tashqari, 28ta havo kemasi ishtirok etyapti. Biroq, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ob-havoning quruq va issiq kelishi sababli, tabiiy ofat ortga chekinayotgani yo‘q.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025