Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov: «Mahalliy OAVga ma'lumot bermasak, odamlar xorijiy nashrlarga madadkor deb qaraydi»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov bugungi kunda barcha haqiqiy internet makonini o‘z tanasida his qilayotgani haqida gapirdi.
«Men uzoq yillar turli vazirliklar matbuot xizmatida ishlaganman va shuni aytishim mumkinki, Vazirlar Mahkamasida OAV bilan munosabatlar muhokama qilinganini eslay olmayman. Bugun internetda juda ko‘p dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Hozir axborot juda ko‘p va biz haqiqiy internet makonini o‘z tanamizda his qilyapmiz.
Bugun vazirlik va idoralar OAV bilan yetarli darajada ishlamayotgani tanqidiy fikrlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimcha, voqealar juda ko‘p bo‘lgan bugungi kunda OAV bilan ishlashga yetarli darajada e'tibor bermasak, bu og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Bugun o‘zi haqidagi tanqidiy materiallarga jim qarab turadigan vaqt emas. Bunday holatlar o‘z aybini tan olish sifatida qabul qilinmoqda. Hozirda telegram kanallarga alohida e'tibor berish kerak, chunki ko‘pchilik yoshlar yangiliklarni aynan telegramdan o‘qimoqda. Masalan, rahbarlarning o‘zini emotsional tarzda tutgan holatlari aynan telegram kanallarda tarqalmoqda. Qashqadaryo, Andijondagi voqealar ham telegramda tarqaldi.
Tashkilotlarning axborot xizmati rahbarlari bejizga o‘rinbosarga tenglashtirilmayapti. Tushuning, bugun biz OAV bilan aloqani yo‘lga qo‘ymasak, odamlar xorijiy nashrlarga madadkor resurs sifatida qaraydi. Bugungi kunda ayniqsa «snos» masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Hokimiyatlar bu masalaga jiddiyroq qarab, to‘g‘ri axborot tarqalishiga e'tibor berishi kerak. Bu uchun esa axborot xizmatlariga malakali kadrlarni ishga olish zarur», deya Allamjonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov vazirlik va davlat hokimiyati organlarining OAV bilan munosabatiga bag‘ishlangan selektor o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi
14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov
14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi
13:34 / 12.02.2025