Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Berkitib yuradigan zamonlar o‘tdi endi». Komil Allamjonov «snos»lar haqida fikr bildirdi
30 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OAV va Axborot xizmatlari ahvoli bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi.
Selektorda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov so‘zga chiqqan va bugunning eng dolzarb mavzusi — snoslar haqida fikr bildirgan.
«Snoslar — aslida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar edi. Prezidentimizning «Obod qishloq», «Obod mahalla» kabi bunyodkorlik loyihalarining maqsadi buzg‘unchilik emas balki, bunyodkorlik. Rasvo ahvolni tuzatish. Odamlarni xursand qilish. Lekin Toshkent shahridagi, kuni kecha Xorazm, Qashqadaryo viloyatlaridagi snoslar, inson huquqlarining poymol qilinishi oqibatida matbuotni junbushga keltirdi. Natijada xalqimizda tushkunlik, norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda va eng achinarlisi, ushbu holatlar bugungi islohotlarni obro‘sizlantirishga sabab bo‘lmoqda. O‘z vaqtida, zudlik bilan ko‘rilmagan choralar, masalani battar gazak oldirib yuboryapti.
Balki avvallari ham viloyatlarda shunday ishlar bo‘lgandir, lekin internet bo‘lmagan, hech kim buni bilmagan va odamlar o‘zining yog‘iga qovrilib yuravergan. Hozir internet asrida, agar 20 million telefon foydalanuvchisi bo‘lsa, ularning har biri bloger, ularning har biri matbuot uchun ko‘makchi. Berkitib yuradigan zamonlar o‘tdi endi. Xohlasak ham bunday bo‘lmaydi. Eng chekka qishloqdagi voqealar ham tez tarqaladi.
Muammolarga o‘z vaqtida hokimlar, vazirlar reaksiya qilmasa masala darhol matbuotga chiqib ketyapti. Eng achinarlisi, odamlarimiz xorijiy matbuot orqali muammoni hal qilishga o‘rganyapti. Bu orqali o‘z qo‘llarimiz bilan bizga do‘st bo‘lmagan matbuot rivojlanishiga yordam berayotganimiz, ularga O‘zbekistonni obro‘sizlantirish uchun ajratilgan mablag‘larni ortig‘i bilan oqlab berayotganimizni tushunishimiz kerak. O‘zimizda matbuot rivojlansa, o‘zimiz zudlik bilan masalaga javob bersak, chet el ommaviy axborot vositasining keragi ham bo‘lmaydi.
Toshkent shahar hokimidan qattiq iltimos qilardikki, snoslar jarayonida tadbirkorlarning huquqi xalqning huquqidan, manfaatidan ustun bo‘lmasligi kerak. Agar bu yo‘nalishda kandaydir jiddiy reglament ishlab chiqilmasa, bu ketishda oqibati yomon bo‘lishi mumkin.
Odamlar dardiga zudlik bilan matbuotda tushuntirish berilmas ekan, matbuot bilan mustahkam ishlanmas ekan, barcha harakatlarimiz bir pul bo‘lishi, davlat idoralari obro‘siga jiddiy zarar yetishi mumkin», — degan Komil Allamjonov Vazirlar Mahkamasida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.
Mavzuga oid
15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi
14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov
14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi
13:34 / 12.02.2025