Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay amirining rafiqasi Angliya sudidan «nikohni majburiy himoya qilish»ni so‘ramoqda
Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Ol-Maktumning rafiqasi Haya bint Ol-Husayn Angliya Oliy sudidan «nikohni majburiy himoya qilish»ni so‘radi. Bundan maqsad, ikki farzandidan birini o‘zi bilan olib qolishdir, deb xabar qilmoqda Reuters.
45 yoshli Haya bin Ol-Husayn, Iordaniyaning marhum podshohi Husaynning kenja qizi va hozirgi podshohi Abdullohning singlisidir. U, shuningdek, zo‘ravonlik va ta'qiblardan himoya qilishni nazarda tutuvchi «parchalanishga qarshi himoya»ni ham so‘ragan. Biroq, hozircha, bu so‘rovlar kimga qarashli ekani noma'lum.
Bundan tashqari, Iordaniya malikasi asosiy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish uchun farzandlarni sud ixtiyoriga topshirishi haqida ham murojaat qilgan.
Nikohni majburiy himoya qilish kimdir majburan nikoh qurgani yoki majburan nikohda ekanini ta'kidlaganda, unga yordam berishni ko‘zda tutuvchi qoidadir.
Avval xabar qilinganidek, 69 yoshli Dubay amiri va malika Haya rasman ajralishi haqida e'lon qilingan edi. Unda Londonda bo‘lib o‘tadigan ajrashish jarayonida mol-mulk emas, farzandlar kim bilan qolishi masalasi hal etilishi, ilk eshituvlar iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tishi aytilgandi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025