Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya universitetlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘qishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning grantini jalb qilgan holda 2016 yilda tashkil etilgan.

Markaz o‘tgan uch yil davomida jami 1124 nafar bitiruvchilarni chiqardi, ularning 95,3 foizining bandligi ta'minlandi. Samarqandddagi yirik korxonalar tomonidan bitiruvchilar ishga qabul qilingan, jumladan MAN-Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasiga — 69 nafar, Samarqand Avtomobil zavodiga — 24 nafar, UzAuto-Trailer korxonasiga — 16 nafar, SamFerry korxonasiga — 21 nafar bitiruvchilarning ishga joylashishi Markazning sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ijobiy ishlaridan hisoblanadi.


Markazda quyidagi mutaxassisliklar:
- avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar);
- payvandlash va chilangarlik ishlari (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari);
- elektrotexnika va elektronika (elektrik, elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturani ta'mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);
- axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash);
- mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish (texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori);
- kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (kompyuter grafikasi dizayneri, multimediya tizimlari texnigi) bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash amalga oshiriladi.
Mashinasozlik texnologiyasi, kompyuter grafikasi kasblari bo‘yicha o‘qitish KOICAning RRR loyihasi asosida Koreyaning Keimyung College University bilan hamkorlikda tashkil etilyapti va hozirda birinchi qabul o‘tkazilmoqda.


Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish — 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti — 2 oy.
Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya ham beriladi.


Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Boshqa viloyatlardan kelgan talabalar bepul yotoqxona bilan ta'minlanadi.
Markazda eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, uskuna va dastgohlar, o‘quv qurollari Koreya Respublikasidan olib kelib o‘rnatilgan. Mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida qisqa muddatli o‘qitish kurslari ham tashkil etilgan.


O‘quv markazining o‘ziga xosligi shundan iboratki, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Davlat ta'lim standartlari talablari asosida jahon tajribasini inobatga olgan holda butunlay yangi o‘quv rejalari va dasturlari tayyorlangan va amalga oshirilmoqda.
Bitiruvchilarni ishga joylashish imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida:
- o‘z kasbi doirasida ixtisoslashtirishni yo‘lga qo‘yish, xorijiy tillarni o‘rgatish (koreys, ingliz, yapon va rus tillari),
- haydovchilik guvohnomasi berish, o‘z biznesini tashkil qilishga o‘rgatish (markazida tashkil etilgan Yosh tadbirkorlar maktabi va Startap inkubatori) tashkil qilingan.
Markazda yuqori malakaga ega bo‘lgan 18 nafar ishlab chiqarish ta'limi ustalari va 2 nafar Koreyalik volontyor o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ishlab chiqarish ta'limi ustalaridan bir nafari PhD (filosofiya doktori) ilmiy darajasi, 4 nafari magistr va 3 nafari II toifaga ega.
Koreya ta'lim va texnologiyalar Universitetining 5 nafar professor ekspertlari tomonidan tanlab olingan 9 nafar ishlab chiqarish ta'limi ustalari 2 oy mobaynida Koreya Respublikasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishgan.

Markaz O‘zbekistondagi 70 dan ortiq korxona va tashkilotlar, 10 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va 6 ta Koreya universitetlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu esa markaz bitiruvchilariga yetakchi sanoat korxonalarida ishlash, nafaqat respublikamiz, balki Koreya Respublikasi universitetlarida ham o‘z o‘qishlarini davom ettirish imkoniyatini beradi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- ariza;
- pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
- o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma'lumoti to‘g‘risidagi diplomi (attestati);
- ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi;
- tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma;
- 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatlar 2019 yil 10 iyuldan 10 avgustgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali yuborish ham mumkin.
Manzil: Samarqand shahar, Spitamen shohko‘chasi, 264-a uy
Murojaat uchun telefonlar: +998 (66) 221-73-62, 221-72-62.
Mo‘ljal: SamDU Pedagogika fakulteti.
Avtobuslar: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97, 99.
Web-sayt:www.samarkand-vtc.uz
Ye-mail:[email protected]
Qabul to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni Markaz veb-saytidan olishingiz mumkin.
KASB O‘RGANMOQChIMISIZ, MARHAMAT!
BARChA IMKONIYaTLARGA EGA O‘QUV MARKAZI SIZNI KUTADI!
Reklama huquqi asosida