Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqiladi
Vazirlar Mahkamasi 2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjatda belgilanishicha, dasturni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari zimmasiga yuklatiladi;
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini, topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya kidiruv ishlarini amalga oshiradi;
mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi ham ishlab chiqiladi.
Qarorda ko‘rsatilishicha, respublika bo‘yicha jami 316ta mahalla fuqarolar yig‘inlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish rejasiga kiritilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025