Iqtisodiyot | 19:15 / 01.08.2019
22504
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» «O‘ztransgaz»dan qancha qarzdor?

Bugun, 1 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda ko‘pchilik kutganidek asosiy mavzu energoresurslar narxlarining oshirilishi bo‘ldi. Unda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri “narxlarning oshirilishida nega mutanosiblikka e’tibor berilmagan? Masalan, gaz narxi elektr energiyasiga nisbatan ko‘proq oshirilgan. Holbuki elektr energiyasi ishlab chiqarishda eng katta xarajat gaz ekanligi ma’lum. Bu “O‘zbekenergo”ning “O‘ztransgaz” oldidagi qarzdorligi oshib ketishiga olib kelmaydimi? Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda yaqinda ham foyda bilan yurgan “O‘zbekenergo” “O‘ztransgaz” oldida 1 trln so‘mdan ko‘proq qarz bo‘lib qolgan, shu masalaga ham izoh bersangiz” degan savoliga Jamshid Qo‘chqorov:

- “O‘zbekenergo” foydada yurgandi, degan gapga qo‘shilmayman, foydada bo‘lganda investitsion loyihalar uchun bizdan pul so‘rab yurmasdi. Endi bevosita qarzdorlikka kelsak, ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekenergo” “O‘ztransgaz”dan ayni paytda 1 trln 350 mlrd so‘m qarzdor. Shu bilan birga har oy 1 trln so‘mlik mahsulot xarid qiladi. Demak 40 kunlik mahsulotga qarz, bu tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladigan holat, - deb javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 iyul kuni «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risida»gi №633-sonli qarori imzolangan va unga ko‘ra barcha energoresurslar narxi turli darajada oshirilgan.

Mavzuga oid