Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mikroavtobus ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 12 kishi jarohat oldi
2019 yil 31 iyul kuni soat 11:40larda Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi 34 yoshli D.A. boshqaruvidagi 99-sonli “Qorasu-Qo‘yliq bozori” yo‘nalishida qatnovchi “GAZ-322132-288” rusumli mikroavtobusini Yashnobod tumani Ohangaron shox ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 59 yoshli R.B. boshqaruvidagi “KamAZ-5511” rusumli yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u boshqaruvni eplay olmay shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli D.A. boshqaruvidagi “DEU SC 77C” rusumli yuk avtomashinasiga urilib ag‘darilgan.
Natijada “GAZ-322132-288” mikroavtobusi haydovchisi va olti nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, shuningdek qolgan 5 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib uylariga javob berilgan.
Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 14.04.2025
Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi
23:25 / 26.02.2025
Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi
02:01 / 24.02.2025
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
23:12 / 21.02.2025