Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
159 000 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 26 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularga ko‘ra, shu yil iyun oyida Yunusobod tumani 14-dahada yashovchi 59 yoshli B.Q. va M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, MChJ rahbari, 46 yoshli Sh.J.lar Buxoro shahrida yashovchi 37 yoshli A.B.ga chet el kompaniyalaridagi biznes hamkorlari orqali xorijiy banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini yechish uchun hamda uch oy ichida 350 000 AQSh dollari qilib, qaytarib berishlik sharti bilan undan 20 000 AQSh dollarini olgan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridan 20 dona “Mercedes-benz” rusumli mikroavtobuslarini olib kelib, 10 donasini A.B.ga berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan undan bo‘lib-bo‘lib, jami 159 000 AQSh dollarini olgan va bergan va'dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q. va Sh.J.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025