Jamiyat | 12:46 / 02.08.2019
12366
5 daqiqa o‘qiladi

«Hech kimning farzandi bu kasallikka chalinmasin. Omin!». Farzandi oqqonga chalingan oilalar yordamga muhtoj

«Oqqon kasalligi shunday xastalik ekanki, kelib chiqishi noma'lum, davolanishi uzoq davom etadigan, hamda insondan ulkan sabr-bardosh talab etiladigan xastalik ekan», deydi farzandi ushbu kasallik bilan og‘rigan onalardan biri.

Xabaringiz bor, Kun.uz tahririyati yordam so‘rab murojaat qilgan Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib keladi. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Birinchi bemorimiz Qoraqalpog‘istonning Sho‘monoy tumanidan kelgan 11 oylik Ulug‘bek Tangirbergenov. Ulug‘bekning holatini ko‘rib, ko‘zlarimizga yosh keldi. Bolajonni qiynayotgan darddan onaizor ham chuqur tushkunlikka tushib qolgan. Bizga hatto ichki kechinmalarini gapirib ham bera olmadi. Biz ham ona va bolani jimgina, ichimizda ming qayg‘urish bilan kuzatishni lozim topdik. Oqqon kasalligi bilan kurashayotgan Ulug‘bek hozirda nafaqat ma'naviy, balki moddiy ko‘makka ham muhtoj. Ular yaxshilar yordamidan umidvor.

Ulug‘bek Tangirbergenovning zaruriy ma'lumotlari:

Onasi Omongul Fayzullayeva nomiga ochilgan karta:

Xalq Banki 8600 0609 3087 7619

Navbatdagi bemorimiz Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan kelgan 4 yoshli Dovudxon Ismoilxonov. Dovudxon oddiy oila farzandi. Ota-onasi Toshkentda ijarada turish, dori-darmonini sotib olishga qiynalishmoqda.  Onasi Fotima Eshonovaning ta'kidlashicha, farzandining sog‘ligi yomonlashgan. Yaxshilar ko‘magidan umidvor oila ular uchun doim duoda.

Dovudxon Ismilxonovning zaruriy ma'lumotlari:

Onasi Fotima Eshonova nomiga ochilgan karta:     

Milliy Bank: 8600 0204 3359 0606

Keyingi bemorimiz Solihabonu Hamidullayeva Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. Solihabonu hozirda 7 yoshda. Hozirda 5 kurs davo muolajalarini o‘tkazmoqda. Dori-darmonlar qimmatligi sabab Solihabonuning oilasi qiynalib qolishgan. Onasi Nargiza Xabibullayevaning ta'kidlashicha, Solihabonuni davolatish uchun yordamiga juda muhtoj.

Solihabonu Hamidullayevaning zarur ma'lumotlari:

Onasi Nargiza Xabibullayeva nomiga ochilgan karta:

IPOTEKABANK Click/PayMe: 8600 3329 5515 9854

So‘nggi bemorimiz Diyorbek Jumanazarov Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumanidan kelgan. Diyorbek hozirda 10 yoshda. Oqqonga qarshi 1-kurs davo muolajalarini davom ettirayapti. Otasi oddiy ishchi. Onasi uy bekasi. Dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Onasi Muborak Mengliboyevaning ta'kidlashicha, farzandini davolatish va Toshkentda turish oilani qiyin ahvolga tushirib qo‘ygan. Hozirda oila saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj.

Diyorbek Jumanazarovning zarur ma'lumotlari:

Onasi Muborak Mengliboyeva nomiga ochilgan karta:

Xalq banki Click /PayMe: 8600 0609 7754 4684

Aziz yurtdoshlar! E'tiboringizga taqdim etilayotgan navbatdagi xayriya aksiyasiga ham befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz. Bu jajji qalblarning orzulari osmon. Bu insonlarga taqdirning sinovi oldida sinmasligi uchun ham moddiy, ham ma'naviy yordamimizni ayamaylik. Zero, bugun qilgan ehsoningiz oxiratda ustingizda soyabon bo‘lsin. Yaxshilik va xayr-saxovat inson rizqiga rizq, umriga baraka beradi. 


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid