Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malaka sertifikati olmagan yuridik shaxslarning haydovchilari uchun jarima o‘z kuchida qoladi
1 avgust kuni «Avtotest»ning yuridik shaxslar haydovchilarini qayta tayyorlash va ularga malaka sertifikatini berish faoliyatini to‘xtatgani haqidagi bayonoti e'lon qilindi.
Tabiiyki, aholi o‘rtasida malaka sertifikati olmagan yuridik shaxslar haydovchilari uchun belgilangan hamda qonunga muvofiq joriy yil 3 avgustidan kuchga kiradigan jarima (eng kam ish haqining bir baravari miqdorda) bekor qilinishi yoki muddati uzaytirilishi mumkinmi, degan savollar paydo bo‘lmoqda.
Kun.uz ushbu masalaga aniqlik kiritishga harakat qildi.
Hukumatdagi manbalarimiz orqali olingan ma'lumotlarga ko‘ra, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining malaka oshirishdan o‘tgani to‘g‘risidagi sertifikati mavjud bo‘lmaganda qo‘llanadigan ma'muriy jarima Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (135-modda)da qat'iy belgilab qo‘yilgan va u o‘zgarmaydi. Chunki mazkur qoida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan emas, balki davlat rahbari tomonidan imzolangan Qonunga muvofiq o‘rnatilgan.
Demak, 3 avgustdan boshlab ushbu turdagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy jarima qo‘llana boshlaydi.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 139-sonli qaroriga ko‘ra, 2018 yil 1 iyundan boshlab maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan istalgan davlat hamda nodavlat ta'lim muassasalari ham haydovchilar malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bundan tushunish mumkinki, «Avtotest» bu faoliyat bilan shug‘ullanmasa ham boshqa shu toifadagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs belgilangan tartibda litsenziya olib, bemalol haydovchilar malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, hozirda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti ham shu yo‘nalishga ixtisoslashgan kurslar tashkil qilingan va haydovchilar bemalol ushbu ta'lim dargohida malaka oshirib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin ekan.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025