Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Xirmontepa ko‘chasida transportlar harakati vaqtinchalik cheklanadi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Xirmontepa (eski Nikitina) ko‘chasida piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi, piyodalar yo‘lning avtomobil qatnov qismidan foydalanishga majbur bo‘layotgani kuzatildi, deb xabar beradi Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, ko‘cha atrofidagi elektr simlari betartib joylashgan, simyog‘ochlarning ba'zilarida haddan ziyod sim o‘tkazgichlar tortilgani sababli osilib qolgan. Fuqarolar tomonidan qo‘shimcha qurilmalar qurib olingan, ba'zi uylarning atrofi daraxt shoxlari bilan to‘lgan.
Umuman olganda, betartib holatga kelib qolgan ushbu ko‘cha endilikda “Namunali ko‘cha” loyihasi doirasida tartibga keltiriladi. Qo‘shimcha qurilmalar va betartib joylashgan ko‘cha atrofi o‘rnida piyodalar yurish yo‘laklari paydo bo‘ladi.
Oltintepa va Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chalarini bog‘laydigan Xirmontepa (eski Nikitina) ko‘chasida qurilish ta'mirlash ishlari boshlanadi. Shu sababli Xirmontepa (eski Nikitina) ko‘chasida transportlar harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
08:37 / 02.05.2025