Jahon | 21:35 / 03.08.2019
4701
1 daqiqa o‘qiladi

Xitrou aeroportida ish tashlash sababli 170dan ortiq reys bekor qilinadi

Foto: REUTERS/Andrew Winning

Xodimlarning ish tashlashlari rejalashtirilganligi sababli dushanba va seshanba kunlari Londondagi Xitrou aeroportida 172 ta reys bekor qilinadi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qildi.

Ish tashlashlar tarkibiga xavfsizlik xizmati, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari va injyenerlar kiruvchi Unite union kasaba uyushmasi hamda aeroport rahbariyatining maoshlar borasida kelisha olmagani bilan bog‘liq. Kasaba uyushmasi xodimlar maoshining 7,3 foizga oshirilishiga rozi bo‘lmadi.

Yo‘lovchilarga reyslar haqida ma'lumot olish uchun o‘z aviakompaniyalari bilan bog‘lanish tavsiya etilmoqda. Aeroport rahbariyati ish tashlash bois yo‘lovchilarni xavfsizlik tekshiruvidan o‘tishga ko‘p vaqt ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid