Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi “Jasliq”ning yopilishi qarorini yuqori baholadi
Qoraqalpog‘istonda joylashgan “Jasliq” koloniyasi yopilishi qarori Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan hamkorligini yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays ma'lum qildi.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koloniyani yopish haqidagi qarorni imzolagandi.
“Bu biz kutgan va hukumatingiz bilan muhokama qilgan juda muhim qadamdir. Bunday ruhda bizda hamkorligimizni mutlaq yangi darajada rivojlantirish imkoniyati bor”, deb aytgan Stiprays.
Prezident qaroriga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining binolari, inshootlari va mulki Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirligining 2-sonli tergov izolyatoriga topshiriladi.
Ichki ishlar vazirligida koloniyani yopish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar majmuini belgilangan tartibda amalga oshirish uchun likvidatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, koloniyada saqlangan barcha mahbuslar sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tash tartiblariga muvofiq holda ichki ishlar vazirligining boshqa jazoni o‘tash koloniyalariga yo‘llanadi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:42 / 24.05.2025