Jahon | 15:49 / 05.08.2019
12478
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Jammu va Kashmirning alohida maqomi bekor qilinganligiga javob qaytaradi

Foto: AP Photo / Anjum Naveed

Islomobod Hindiston hukumatining Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qiluvchi "noqonuniy harakati"ga qarshi barcha javob choralarini ko‘radi. Bu haqda Pokiston TIV bayonotida aytiladi.

Avvalroq Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind shtatning alohida maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli qonun loyihasi parlamentga taqdim etildi. 

"Hindiston hukumati tomonidan tashlangan bir tomonlama qadam bu maqomni o‘zgartira olmaydi… Pokiston xalqaro bahsning ishtirokchisi sifatida bu noqonuniy qadamga nisbatan qarshilikning barcha varintlarini ishga soladi", - deyiladi Pokiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Avvalroq Pokistonning News gazetasi Islomobod Hindistonning Kashmir maqomi bo‘yicha qarori yuzasidan BMT Xalqaro sudiga murojaat qilishi haqida xabar bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid