Sport | 19:00 / 07.08.2019
75656
2 daqiqa o‘qiladi

Andrey Kanchelskis: «Hokim qo‘ng‘iroq qilib qaysi futbolchini o‘ynatishni, hatto hisobni buyurtma qilardi»

Foto: Tribuna.uz

«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis «Match TV»ga intervyu berdi. Intervyu davomida rossiyalik murabbiy o‘zbek futboli haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Namanganda hokim futbolga qiziqadi. Hokim bu bizdagi gubernatorga o‘xshagan lavozim. «Navbahor» xuddi «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» kabi katta pulga ega klub emas. Bu xalq jamoasi. Muxlislar futbolni yaxshi ko‘rishadi va juda qiziqqon, ular toshbo‘ron qilishlari ham mumkin (kuladi). Namangandan hech qaysi murabbiy yaxshilikcha ketmagan.

Lekin men nolisam, uyat bo‘ladi. Meni qo‘llarida ko‘tarib yurishdi desam ham bo‘ladi. Biz katta natijalarga erishmagan bo‘lsak-da, top jamoalarga boshog‘riq bo‘lishni uddaladik. Jamoa 14 yil ichida ilk marta medal oldi.

U yerda hokim telefon qilib «Falonchini o‘ynat, falonchini emas» deb aytishi mumkin. U hatto hisobni ham buyurtma qilib: «Bugun 3:0 yutishimiz kerak», deb aytishi hech gapmas.

U kiyinish xonasiga kirib, futbolchilarga baqirgandi ham. Bir o‘yinning tanaffusida u kiyinish xonasiga kirdi. Hisob 0:0 edi va 2-bo‘limda 3:0 yutdik. Hokimning aytishicha, bu uning gaplari samarasi bo‘lgan. Keyin hokimga futbolchilar bilan o‘yinning ertasiga, yuzma-yuz gaplashishni tavsiya qildim. Bir-birimizni tushundik. U odam Namangan uchun ko‘p ish qilgan, lekin uning yordamchilari...», — deb Kanchelskisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Match TV» rasmiy sayti.

Mavzuga oid