Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning sobiq tashqi ishlar vaziri hayotdan ko‘z yumdi
Hindistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj 67 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, ayol 2016 yilda buyrakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘tkazgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Svarajning vafoti munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirgan. “Svarajning vafoti – shaxsiy yo‘qotishdir. Uni Hindiston uchun qilgan barcha ishlari uchun eslab qolishadi. Mening barcha o‘ylarim bu og‘ir damda uning oilasi, tarafdorlari bilandir”, deb yozgan Modi tvitterda.
Ayol vazirlikka 2014 yildan 2019 yil mayigacha rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025