Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In oxirgi raketalar uchirilishini AQShga ogohlantirish deb atadi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan oxirgi raketa sinovlarini AQSh va Janubiy Koreyaga ularning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javoban ogohlantirish deb atadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
Avvalroq janubiy koreyalik harbiylar Shimol 6 avgust erta tongda oxirgi 2 hafta ichida 4-marta kichik masofadagi ballistik raketa uchirganini ma'lum qilishgan.
Ta'kidlanishicha, yangi taktik raketalar shaxsan Kim Chen In rahbarligi ostida uchirilgan.
BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyadan sanksiyalar kiritish tahdidi ostida har qanday ballistik raketalarni ishlab chiqish va uchirishni bas qilishni talab qilib keladi. Pxenyan bu talabga qarshi bo‘lsa-da, mamlakat rahbariyati katta masofadagi ballistik raketalar sinovlarinigina o‘tkazmaslik majburiyatini ko‘ngilli ravishda o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025