O‘zbekistonda Gastronomik turizm assotsiatsiyasi ochildi
6 avgust kuni O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi anjumanlar zalida tegishli idoralar hamda OAV vakillari ishtirokida Gastronomik turizm assotsiatsiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yig‘ilganlarga assotsiatsiyaning maqsadi, faoliyati va a'zolik shartlari bo‘yicha taqdimot tashkil qilindi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, assotsiatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad gastronomik turizm yo‘nalishida turli tadbirlar, jumladan ko‘rgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida o‘zbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi bo‘yicha gastronomik turizm taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.
Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, assotsiatsiya O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi.
Shuningdek, assotsiatsiyaga a'zo restoranlar va ularning xodimlari orasida “Xorijliklar e'tirofiga sazovor bo‘lgan yilning eng yaxshi restorani, “Yil ofitsianti”, “Yil restoran menejyeri”, “Yil bosh oshpazi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash marosimlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024