Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli dizayner Artemiy Lebedev siyosiy vaziyat tufayli Rossiyadan chiqib ketganini ma'lum qildi
Taniqli dizayner Artemiy Lebedev Rossiya rasmiylarining muvofiqlashtirilmagan norozilik namoyishlariga munosabati tufayli Rossiyadan Yevropaga chiqib ketdi. Bu haqda u o‘zining YouTube kanalida ma'lum qildi.
Lebedev zudlik bilan ketishga majbur bo‘lganini bildirdi. «Bu qaror men uchun oson bo‘lmadi», deydi u. Uning fikricha, Rossiyadagi siyosiy vaziyat katta tashvishga sabab bo‘lmoqda. Lebedev kelgusida Rossiyaga qayta olmasligini istisno etmadi. «Hozir sodir bo‘layotgan voqealar hech kimni befarq qoldirolmaydi», - deya ma'lum qildi dizayner.
«Bularning barchasini ko‘rish menga juda og‘ir. Men hokimiyat bizning kelajagimizni o‘g‘irlayotganini yaxshi tushunib turibman», dedi u. Qo‘shimcha qilinishicha, «ular saylovlarni o‘g‘irlashdi, ovozlarni o‘g‘irlashdi va bor narsadan mahrum qilishmoqda».
Lebedevning aytishicha, yosh, iqtidorli va aqlli odamlar hokimiyat tepasiga kela olmayapti. Uning fikricha, Rossiyada fuqarolarning hech narsasi qolmadi: «Bu odamlar bizning barcha pullarimizni, barcha pensiyalarimizni o‘g‘irlashdi, bizga soliqlar solishdi». Shu bilan birga, Lebedev qayerda ekanligiga aniqlik kiritmagan, uning obunachilari esa videoni hazil deb qabul qilishgan.
27 iyul kuni Moskvada, muvofiqlashtirilmagan norozilik namoyishi boshlanishidan oldin, Artemiy Lebedev Studiyasining dizayneri Konstantin Konovalov qo‘lga olindi. Avvalroq, Twitter’da Konovalov o‘zini ertalabki yugurish paytida ushlashgani haqida yozgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025