O‘zbekiston | 20:10 / 07.08.2019
6951
1 daqiqa o‘qiladi

Tatariston telekanalida Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro amaliy san'at festivaliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi

"TNV-Tatariston" telekanalida 10-15 sentyabrda Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro amaliy san'at festivaliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Ko‘rsatuvda mazkur tadbir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotganligi e'tirof etildi. Festivalda mingdan ortiq mahalliy hunarmandlar va dunyoning 72 dan ortiq mamlakatlaridan uch yuzga yaqin ustalar va mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, festival doirasida mahorat darslari, folklor-etnografik chiqishlar, turli xil xalq o‘yinlari, mahalliy dizaynerlarning moda namoyishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, oshpazlik tanlovlari, hunarmandchilik yarmarkalari, sport bellashuvlari, gala-konsertlar, ilmiy-amaliy konferensiya va milliy-madaniy mazmundagi boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi bosh konsuli F.Nasriyev bo‘lajak xalqaro festival haqida ma'lumot berdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid