Toqayev Arisdagi portlash sababli sobiq mudofaa vazirini qurolli kuchlar tizimidan bo‘shatdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev o‘z farmoni bilan sobiq mudofaa vaziri Saken Jasuzakovni respublika qurolli kuchlari tizimidan bo‘shatdi. Bu haqda prezident matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, sobiq vazir Aris shahridagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi bilan bog‘liq holda bo‘shatilgan.
Bundan tashqari, ushbu voqea yuzasidan mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Murat Bektanovga, mudofaa vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Murat Maykeyev hamda mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Talgat Janjumenovga qat'iy hayfsan e'lon qilingan.
Jasuzakov Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimini 2016-2018 yillar davomida egallagan. U so‘nggi vaqtda Nursulton Nazarboyev nomidagi milliy mudofaa universiteti rahbari bo‘lib ishlab kelgan.
Joriy yilning 24 iyunida Arisda joylashgan o‘q-dori omborida yong‘in chiqib, o‘z ortidan o‘q-dorilar portlashiga olib kelgan. Favqulodda vaziyat oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy aholi yaqin oradagi aholi punktlariga evakuatsiya qilingan. Aholisi 45 ming kishilik shaharda ko‘plab binolarga zarar yetgan. Voqeadan so‘ng sapyor brigadalari Aris atrofida hududni snaryadlar parchalari va portlamay qolgan o‘q-dorilardan tozalash bo‘yicha ishlar olib borgan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024