Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi futbol maydonida yuz bergan o‘zaro janjal 18 yoshli yigitning o‘limi bilan tugadi
Farg‘ona tumanidagi futbol maydonida yuz bergan o‘zaro janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, ushbu tumanda 2019 yil 7 avgust kuni Yoshlarobod ko‘chasida yashovchi 26 yoshli A.G‘. Sado ko‘chasida joylashgan futbol maydonchasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Oqbilol ko‘chasida yashagan 18 yoshli I.U.ning yuziga qo‘llari bilan urgan vaqtida, I.U. boshi bilan yerga yiqilib tushgan.
Xabarda aytilishicha, natijada I.U. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.G‘. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025