Jahon | 23:36 / 09.08.2019
5536
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlangan turk dengizchilari ozod etildi

Nigeriya sohillari yaqinida o‘g‘irlab ketilgan 10 nafar turk dengizchisi ozod qilindi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, ularning sog‘liqlari joyida. Dengizchilarning ozod etilishi tafsilotlari ma'lum qilinmagan.  

13 iyulda Kamerunning Duala portidan Abidjanga (Kot-d’Ivuar) Turkiya bayrog‘i ostida ketayotgan Paksoy-1 yuk kemasiga Nigeriya sohillaridan 230 km uzoqlikda qurollangan odamlar hujum qilgan. Qaroqchilar kemadagi 10 dengizchini o‘g‘irlab ketishgan. Kema Ganadagi Tema portiga shataklab yetkazilgan. Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Turkiya dengizchilarning ozod etilishi masalasi bo‘yicha Nigeriya va Gana hukumati bilan muloqotda bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid