Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgarishlar faqat peshtaxtalardagi yozuvlarda» - Senator sog‘liqni saqlash sohasidagi kamchiliklarni sanadi
O‘zbekiston telekanalida «Munosabat» ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan ko‘rsatuvning mazkur soni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarda parlament va jamoatchilik o‘rni masalasiga bag‘ishlandi. Jumladan, unda «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputatlari sohadagi qonunchilikni takomillashtirishda partiya tomonidan qilinayotgan ishlarga to‘xtalgan bo‘lsa, ularga opponent sifatida qolgan to‘rt partiya a'zolari tizimdagi muammolarga ko‘proq to‘xtalishdi.
Ko‘rsatuv davomida Senator Maqsuda Vorisova (XDP) «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputatlariga o‘tgan uch yil davomida qabul qilingan qonun va qarorlar tibbiyot sohasidagi qanday o‘zgarishlarga asos bo‘lgani, sohaning birinchi bo‘g‘inida nima yangilik qilingani va eng asosiysi, tibbiyotda xalq sezgan qanday ishlar amalga oshirilgani borasida savol bilan murojaat qilgan.
Maqsuda Vorisovaning qo‘shimcha qilishicha, uning o‘zi ham shifokor va sohadagi o‘zgarishlarni faqat peshtaxtalarda o‘zgargan yozuvlar, yuzlab qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda ko‘radi. Ammo tibbiyot xodimlari bu hujjatlarning qaysi birini ijro qilishni bilmaydi, chunki qabul qilinayotgan hujjatlar bir-birini inkor qiladi.
Savolga «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputati Shuhrat Yoqubov «Siz tibbiyot xodimiman, deyapsiz, lekin oxirgi paytda partiyaning ishlari bilan bo‘lib tibbiyotdan uzoqlashib qolgan ko‘rinasiz. Sohaning birinchi bo‘g‘inida katta o‘zgarishlar kuzatilyapti», mazmunida javob bergan.
Berilgan javobdan qoniqmagan Maqsuda Vorisova shundan so‘ng, tibbiyot sohasidagi bir qancha muammolarni sanab o‘tgan. Jumladan, «Birlamchi tibbiy bo‘g‘in deganda biz QVP va poliklinikalarni tushunamiz. Shahar poliklinikasi va qishloq poliklinikasi o‘rtasida farq juda katta. Shahar poliklinikasida tor mutaxassislik o‘n xil, nima uchun qishloqnikida besh xil?
Nima uchun qishloq poliklinikasida bitta patronaj xamshiraga 1500-1700 aholi to‘g‘ri keladi-yu, shaharnikida 800 fuqaro to‘g‘ri keladi, qani mantiq?
Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan qishloqlarda pediatr va ayollar maslahatchisi xonasi tashkil qilindi lekin ular shu paytgacha moliyalashtirilgani, kerakli shtat ajratilgani yo‘q.
Tibbiyotda hamon eski qolipda ishlanyapti. Nom o‘zgardi, peshtaxtalarda yozuvlar o‘zgardi, qishloq oilaviy poliklinikasi deyildi lekin ishlashga sharoit yo‘q. Buni sohaning ichida yurgan inson biladi, deydi Senator Maqsuda Vorisova.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022