Iqtisodiyot | 12:30 / 09.08.2019
93711
2 daqiqa o‘qiladi

Tijorat banklarida dollar kursi keskin ko‘tarildi

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda tijorat banklari chet el valutasini sotib olish kursini keskin ko‘tardi.

Xususan, «Asakabank»da dollarni sotib olish narxi 8840 so‘m, sotish narxi 8900 so‘mni tashkil etmoqda. «Aloqabank» valuta ayirboshlash punktlarida dollarni sotib olish narxi 8840 so‘m, sotish esa 8880 so‘mga teng.

«Hamkorbank»da dollarni sotib olish narxi 8840 so‘m, sotish - 8900 so‘m.

«Kapitalbank» rasmiy veb-saytida dollarni sotib olish narxi 8840 so‘m, sotish narxi 8900 so‘m ekani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ushbu bankning mobil ilovasida bir dollarni 8900 so‘mga sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 6 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 38,16 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8704,87 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.

Mavzuga oid