Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JPMorgan ilk bor O‘zbekistondagi loyihani moliyalashtiradi
AQShning JPMorgan Chase Bank moliya xoldingi ilk bor O‘zbekistondagi investitsiyaviy va tijoriy loyihani amalga oshirishga kredit liniyasi ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 8 avgustda Moskvada JPMorgan Chase Bank va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida xalqaro darajadagi eksport-kredit kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.
Imzolangan kelishuv qiymati 36,4 mln yevroni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘ Xitoyning “Sinosure” eksport-kredit agentligi sug‘urta qoplami asosida 7 yil muddatda to‘lab boriladi
Hujjat Quvasoydagi (Farg‘ona viloyati) “Kvars” AJda energiya samarador texnologiyalar qo‘llash usulida polirovkalangan float-shishalarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.
Zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotning bir kunlik maksimal hajmi 400 tonnani tashkil qiladi. Zavodga texnologik uskunalar Xitoyning Shanghai Pony Technologies kompaniyasi tomonidan yetkaziladi.
Mutaxassislarning baholashicha, loyihaning amalga oshirilishi nafaqat 300 ta yangi ish o‘rni yaratishga, balki mahalliy bozorni keyinchalik eksport qilinuvchi sifatli mahsulot bilan ta'minlashga imkon beradi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025