Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi va OTB O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazish uchun 225 000 AQSh dollari miqdoridagi texnik ko‘magini jalb qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, OTBning texnik ko‘magi quyidagilarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi:
zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish, jumladan xalqaro ekspertlar va OTB tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishning turli bosqichlarida uni ko‘rib chiqish va xulosalar taqdim qilish, shuningdek, Hukumat va boshqa manfaatdor tomonlar bilan qator maslahatlashuvlar o‘tkazish;
xorijiy arbitraj qarorlarini va ular bilan bog‘liq xalqaro arbitraj nizolarini tan olish va ijro qilish haqidagi protsessual kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish;
xalqaro arbitraj islohotini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida huquqni qo‘llovchi sifatida sudyalar va amaliyotchi-huquqshunoslarning hamda huquqdan foydalanuvchilar sifatida xususiy sektorning salohiyatini oshirish.
Texnik ko‘mak amalga oshirish maqsadida OTB yetakchi xalqaro ekspertlardan iborat maslahatchilar jamoasini jalb qiladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish O‘zbekistonda xalqaro tijorat nizolarini hal qilishning muqobil mexanizmlari rivojlanishiga, xususan mamlakat hududining mintaqaviy arbitraj markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga hamda yanada jozibador investitsion muhit shakllanishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025