Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik yakkakurashchini dunyodagi eng yaxshi jangchi deb atadi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atadi. U bu haqda Instagram’dagi sahfasida yozgan.
Afsonaviy bokschi o‘z sahifasida Murodov suratini joylashtirib, unga “The best MMA fighter in the world!” deb izoh qoldirgan.
Joriy yozda Murodov MMA’da ikkita jang o‘tkazib, ikkalasida ham raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan. O‘zbekistonlik jangchi mashhur kishilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tez-tez paydo bo‘lib, uning janglari videosi internetda tezda tarqaladi.
Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC)’da hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional faoliyatini 2012 yilda boshlagan va bugungi kungacha 27 jang o‘tkazib, undan 21 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. Damian Chandeyel, Ishtvan Tot, Krishtoff Llppa kabi jangchilar bilan kurashgan.
Mavzuga oid
09:30 / 24.01.2021
Mahmud Murodov texnik nokaut evaziga UFC'dagi 3-jangida ham g‘alaba qozondi
09:20 / 21.11.2019
Floyd Meyvezer boksni shafqatsiz sport deb atadi va unga qaytishdan bosh tortdi
23:38 / 07.11.2019
Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi raqibi ma'lum bo‘ldi
23:31 / 30.10.2019