O‘zbekiston | 12:06 / 12.08.2019
21453
2 daqiqa o‘qiladi

Ortda qolayotgan tumanlar yoki shaharlardagi yer jamoat va davlat ehtiyojlari uchun ajratiladi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 653-son qarorida tegishli tuzatishlar nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirishning “Yo‘l xaritasi” qabul qilingan. Boshqalar qatorida, unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolayotgan, ayniqsa tuman va shaharlarda yer uchastkalarini ajratish mexanizmlarini soddalashtirish va u yerda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarni yanada rag‘batlantirish yuzasidan topshiriqlar mavjud.

Hukumat quyidagi tarzda hal qildi. Agar tuman yoki shahar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolsa, u yerda yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratiladi. Ya'ni, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega va infratuzilma obektlari qurilishi uchun.

Bu aynan qaysi tuman va shaharlar ekanligini Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aniqlaydi. Yer uchastkalarini berish tartib-taomili sxemada aks ettirilgan. Biznes va shaharsozlik uchun elektron auksion orqali yer ajratish tartibi mazkur holda qo‘llanilmaydi.

Hujjat 10.08.2019 yildan kuchga kirdi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda «snos»ga tushgan binolarni baholashning yangi tartibi joriy etilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid