Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
460 000 000 so‘mlik firibgarlik. IIBB valuta bilan bog‘liq jinoyat haqida xabar berdi
Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli A.U. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli I.N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, I.N. A.U.ga 460 000 000 so‘m pullarni bankdan "arzon" narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va'da qilgan. U I.N.ga ishonib, 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan. Ammo I.N. va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha I.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! O‘z pullaringizni yordam bermoqchi bo‘lgan har kimga ham ishonib berishga shoshilmang. Yodda tuting: firibgarlar sizning ishonuvchanligingizdan foydalanishlari mumkin”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025