Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron belgilangan miqdordan ko‘proq boyitilgan uran to‘pladi
Eron belgilangan miqdordan ko‘proq uran to‘pladi. To‘plangan uran miqdori 370 kgni tashkil qilmoqda. Bu haqda Mehr nashri Eron yadro energiyasi tashkiloti vakili Behruz Kamolvandiyga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Eron uchun qo‘shma harakatlar rejasida ko‘zda tutilgan uran limiti 300 kgni tashkil qiladi. Kamolvandiyning aytishicha, Eron yaxshi sur'atlar bilan boyitilgan uran ishlab chiqarmoqda. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Eron 130 tonna og‘ir suv zaxirasi bilan cheklanib qolmoqchi emas. Unga limit ham harakatlar rejasida ko‘zda tutilgan.
7 iyulda Eron qo‘shma harakatlar rejasidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechish doirasida uranni 3,67 foizgacha boyitishga o‘tishini e'lon qilgan. Eron hukumati agar harakatlar rejasi atrofidagi muammolar hal qilinmasa, unda majburiyatlardan voz kechishning 3-bosqichi 60 kundan keyin kelishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025