Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In 100 dan ko‘proq olimni taqdirladi – OAV
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir qator olimlarga yangi qurollarni yaratishga qo‘shgan hissalari uchun harbiy unvonlar berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Kim Chen In “harbiy ilm va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ishiga ulkan hissa qo‘shgan” 103 nafar olimga yangi unvonlar bergan. Shimoliy Koreya yetakchisi ularga milliy mudofaa ishida “muhim bosqich”ga erishishga imkon bergan “murakkab texnologik muammolarni” yechishgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Janubiy koreyalik kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyada fuqarolarga harbiy unvonlar berilishi eng oliy mukofotlardan biri hisoblanadi va mamlakat rahbariyati tomonidan bu xizmatlarning tan olinishidan darak beradi.
O‘tgan bir oy ichida Shimoliy Koreya bir nechta kichik masofadagi ballistik raketa uchirdi. Oxirgi bunday raketa uchirilishi 10 avgustda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
19:20 / 10.05.2025