Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning xalqaro imijini shakllantiradigan PR kompaniya rejasi ishlab chiqiladi – Aziz Abduhakimov
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan jurnalistlarga batafsil ma'lumot berdi.
Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro turistik maydondagi o‘rnini mustahkamlovchi PR kompaniya tashkil qilish rejasi ishlab chiqiladi. Bu kompaniya global miqyosda mamlakat brendini namoyish qilishda tizimli ravishda ish olib boradi. 2022 yilgacha turistik oqimni 10 millionga yetkazish vazifasi yuklangani ushbu kompaniya faoliyati O‘zbekiston turizmi uchun juda zarurligini ko‘rsatib turibdi.
Shuningdek, tadbirda tibbiyot turizmi portali ishga tushirilishi haqida ma'lumot berildi.

“Xorijliklar O‘zbekistonga kelib davolanishga qiziqish bildirishyapti. Ammo, afsuski, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar qanaqa narxda, qayerda faoliyat olib borishi haqida ma'lumot beruvchi platforma yo‘q. Bu yo‘nalishni ham rivojlantirsak, turistik oqim sezilarli darajada oshishiga erishamiz”, deya qo‘shimcha qildi Abduhakimov.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024